Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana bitta medal. O‘zbekiston 6-o‘ringa chiqib oldi
Indoneziyada Osiyo o‘yinlari doirasidagi bahslar davom etmoqda. O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar yana bir bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
1000 metrga kanoeda eshkak eshgan Nurislom To‘xtasin o‘g‘li va Serik Mirbekov juftligi marraga uchinchi bo‘lib yetib bordi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, eshkak eshish bo‘yicha bugungi 5ta finalda O‘zbekiston vakillari 4ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 49taga yetdi - 13 oltin, 18 kumush va 18 bronza. Ayni vaqtda O‘zbekiston jamoasi 6-o‘ringa ko‘tarilgan.

Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025