Jahon | 13:46 / 31.08.2018
11083
1 daqiqa o‘qiladi

Eng ko‘p suratga olinuvchi shaharlar reytingi tuzildi

Foto: Dreamstime

Dreamstime tomonidan dunyodagi eng ko‘p suratga olinuvchi shaharlar reytingi tuzib chiqildi. Bu haqda Travel Pulse xabar bermoqda.

Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Nyu-York birinchi o‘rinni egalladi. Moskva ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Londonda.

Shuningdek, eng ko‘p suratga olinuvchi shaharlar top-10ligidan Bangkok, Parij, Rim, Los-Anjyeles, Venetsiya, Gongkong, Istanbul, Barselona, Praga, Pekin va Singapur joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyaning The Economist jurnali Global Liveability Ranking 2018 reytingini tuzib chiqqandi, unda yashash uchun eng qulay shaharlar ma'lum qilindi. 

Reytingning birinchi o‘rnini Avstriya poytaxti Vena egalladi, ikkinchi pog‘onadan Avstraliyaning Melburn shahri, uchinchi o‘rindan Yaponiyaning Osaka shahri joy oldi.

Mavzuga oid