Kobzon uch suiqasddan omon qolgani ma'lum qilindi
Prodyuser Mark Rudinshteyn rossiyalik qo‘shiqchi, 30 avgustda hayotdan ko‘z yumgan Iosif Kobzonga bir nechta suiqasd amalga oshirilgani haqida so‘zlab berdi.
Rudinshteynning aytishicha, bu suiqasdlardan biri 10 yil avval Sochiga ketaverishda sodir etilgan.
“Uning hayotiga pul uchun ham suiqasd qilingan. 10 yil avval Kobzon bilan bir mashinada Sochiga ketayotgandik. Ortimizdan ikkinchi mashinada tansoqchilar borardi. Ularning mashinasi yoqilg‘i quyish shoxobchasida to‘xtagan, biz esa aeroportga yo‘l olganmiz. Bir necha daqiqadan keyin esa Kobzonga tansoqchilari mashinasini kimdir portlatgani haqida ma'lum qilishgan. Odamlar halok bo‘lgan”, deb eslab o‘tdi Rudinshteyn.
Uning ta'kidlashicha, artistning “Inturist” mehmonxonasi oldidagi ofisi yonida ham granatalar portlatishgan. “Kamida uch marta kimdir uni yo‘q qilishni istagan”, deb qo‘shimcha qilgan prodyuser va Kobzon hech narsadan qo‘rqmaganini ta'kidlab o‘tgan.
Iosif Kobzon 30 avgustda 80 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Marhum 2 sentabrda Moskvadagi Vostryakov qabristonida dafn etiladi.
Mavzuga oid
22:59 / 25.09.2024
AQSh Senati: Maxfiy xizmat Trampga uyushtirilgan suiqasdning oldini olishi mumkin edi
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
08:30 / 17.09.2024
Trampga suiqasdda gumonlanayotgan shaxsga ayblov qo‘yildi
09:40 / 16.09.2024