O‘zbekiston | 09:45 / 31.08.2018
5681
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) bosh konsuli tayinlandi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Jahongir Irgashev Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsul lavozimini egalladi.

J.Irgashev bunga qadar TIVning Strategik tahlil va rejalashtirish bosh boshqarmasida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TIV tizimida yangi lavozim tayinlovi yuz bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid