Jahon | 17:02 / 01.09.2018
21121
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml Donetskdagi voqealar bo‘yicha izoh berdi

Foto: Sergey Guneyev/RIA «Novosti»

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarchenkoga uyushtirilgan suiqasd mintaqadagi keskinlikning ortishiga olib keladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Zaxarchenkoning o‘limi, shubhasiz, mintaqadagi keskinlikning kuchayishiga olib keladi», - dedi Peskov.

Matbuot kotibining ta'kidlashicha, bu hodisa Minsk kelishuvlarini amalga oshirish uchun sharoitlarni shakllantirishga yordam bermaydi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Zaxarchenkoga qilingan suiqasd «provokatsiya» hisoblanadi. Shu bilan birga, uning aniqlik kiritishicha, hozirgi vaqtda bu kim tomonidan amalga oshirilgani noma'lum.

«Bu provokatsiya ortida kim turganini hali aniqlash kerak», - deya xulosa qildi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «LXR»da yuqori jangovar shaylik rejimi e'lon qilingani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid