Istalgan Android-smartfonni buzib kirishga imkon beruvchi xato topildi
Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar Android operatsion tizimining eng yangi versiyasi Android 9.0’da jiddiy xatolikni topishdi. Bu haqda kiberxavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi Nightwatch Cybersecurity kompaniyasi (AQSh) ma'lum qildi.
Himoyadagi ushbu xato xakerlarga mobil qurilma haqida batafsil ma'lumot olishga imkon beradi: Wi-Fi haqida, ulanish nomi, jumladan, IP-adres, DNS-server, boshqa ko‘rsatkichlar va hattoki parolni. Xakerlarga olingan ma'lumotlar asosida qurilmadan chiquvchi va unga kiruvchi trafikni kuzatish va shaxsiy ma'lumotlarni qo‘lga kiritish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Bundan tashqari, xakerlar smartfon haqida batafsil ma'lumotdan xabardor bo‘lib, zararli dastur yordamida istalgan smartfonni kuzatishi va hattoki simsiz tarmoq va unga ulangan qurilmalarga hujum uyushtirishi mumkin.
Google ushbu xatodan xabardor qilinib, operatsion tizim uchun uni tuzatuvchi yangilanma chiqargan. Biroq yangilanma muammoni faqat 0,1 foiz qurilmada bartaraf etishi mumkin, qolgan 99,99 foiz smartfonga xavf mavjudligicha qolmoqda va ularni to‘liq himoyalashning hozircha imkoni yo‘q.
Mavzuga oid
17:51 / 19.11.2024
Bloomberg: AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome’ni sotishni talab qiladi
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
23:48 / 06.11.2024
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi
14:35 / 09.10.2024