Sport | 20:35 / 04.09.2018
10820
1 daqiqa o‘qiladi

Markus Reshford 3 o‘yinga diskalifikatsiya qilindi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford Angliya futbol uyushmasi (FA) tomonidan qattiq jazolandi.

Futbolchi APL 4-turidan o‘rin olgan «Byornli»ga (2:0) qarshi o‘yinda raqibiga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgandi. 

FA intizom qo‘mitasi vaziyatni o‘rganib chiqib, Reshfordni 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Endi u APL doirasidagi «Uotford» va «Vulverhempton», shuningdek, Liga Kubogi doirasidagi «Derbi Kaunti»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Mavzuga oid