Jahon | 00:30 / 04.09.2018
7440
1 daqiqa o‘qiladi

JARda o‘q-dori omborida yuz bergan portlash qurbonlarga olib keldi

JARning Keyptaun shahri yaqinidagi o‘q-dori omborida portlash yuz berdi. Bu haqda News24 portali xabar berdi.

Qutqaruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 16.00 atrofida Denel mudofaa-sanoati kompaniyasi korxonasida sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani, yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum qilingan.

Keyptaunning favqulodda vaziyatlar xizmati vakili Teo Leyn portlash sababi hozircha noma'lumligini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid