Light | 18:04 / 05.09.2018
20499
5 daqiqa o‘qiladi

O‘simlik yog‘i bilan bog‘liq g‘aroyib layfxaklar

Foto: Layfxaker

O‘simlik yog‘i qora nuqtalardan xalos bo‘lish, qo‘llarga yopishgan superelimni yuvish va oyoq kiyimning yaroqlilik muddatini uzaytirishda yordam beradi.

1. Etiketka va nakleykalar qoldiqlarini ketkazing

Paxtali diskka biroz o‘simlik yog‘i quying va u bilan yopishqoq izni arting. Agar nakleyka ketmasa, unga kompress qiling. Ya'ni paxtali diskni kirlangan joyga 10-15 daqiqaga qo‘ying, keyin uni artib tashlang.

2. Pardoz-andozni tozalash

Paxtali diskni iliq suvda biroz xo‘llab, unga bir necha tomchi yog‘ quying va yuzni arting. Ko‘zga surtiladigan pardoz vositalari uchun ham qo‘l keladi: paxtali diskni biroz vaqtga qovoqlar ustiga qo‘yish va pardoz qoldiqlarini asta artish. Yog‘ni yuvinish vositasi bilan albatta yuvib tashlang.

  1. O‘simlik yog‘i kaloriyasi ko‘p bo‘lgan mahsulot. 100 gr yog‘da 884 kkal bor. Bir necha katta qoshiq bu 34 gr yog‘ va 300 kkal. Taomlardagi kaloriyani pasaytirish uchun sepish moslamasiga ega bo‘lgan yog‘ni tanlang.
  2. Qaynoq idish qoldig‘ini yog‘ va tuz yordamida ketkazish mumkin. Tuzni yumshoq matoga o‘rang va u bilan dog‘ni ishqalang, keyin esa yuza bo‘ylab o‘simlik yog‘i shimdirilgan mato bilan arting. Keyin quruq matoda artib tashlang.
  3. Mebelga avvalgi yaltiroqlikni qaytarish uchun yog‘ va vino sirkasini bir xil nisbatda aralashtiring. Tuksiz matoni aralashmada ho‘llang va yuzani arting.

3. Qirg‘ichga surting

Yumshoq pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazish – hammaning ham qo‘lidan keladigan ish emas. Pishloq qirg‘ichga yopishmasligi uchun qog‘oz salfetkani yog‘ga botiring va foydalanishdan avval instrument yuzasini arting.

4. Oyoq kiyimni parvarishlash

Biroz o‘simlik yog‘ini yumshoq matoga tomizing va yumshoq teridan ishlangan botinkadagi tirnalgan joylarni arting. Yog‘ teriga singigach, oyoq kiyimni yaltiragunga qadar arting. Bu usul tabiiy teridan ishlangan sumkalar uchun ham mos keladi.

5. Cho‘yandan ishlangan tovalarni parvarishlash

Cho‘yan idishda yuzaga kelgan zangni ketkazish – murakkab. Yaxshisi uning oldini olgan ma'qul. Tovani yuving va yaxshilab quriting. Keyin esa uning yuzasiga biroz yog‘ surting. Buni salfetka yoki cho‘tkada bajarish mumkin. Ana bo‘ldi, endi zanglamaydi.

6. Qora nuqtalarni yo‘qoting

Yuzingizni yuving va qo‘lingizga biroz yog‘ tomizing. Barmoqlar yuz bo‘ylab sirpanishi kerak. Yaxshilab, biroq ehtiyotkorlik bilan qora nuqtali joylarni 5-7 daqiqa davomida uqalang.

Toza momiq sochiqni iliq suvda namlang, siqing va u bilan yuzingizni 15 daqiqaga yoping. Yuvish vositasini olib, ko‘pik hosil qiling, yuzning “muammoli” joylarini uqalab, suv bilan yuvib tashlang.

7. Yog‘ uzoq muddat yaroqli bo‘lishi uchun to‘g‘ri saqlang

O‘simlik yog‘ini qorong‘u va salqin joyda saqlash kerak. Gaz plitasi yonida saqlash – to‘g‘ri variant emas. Yaxshisi, uni muzlatgichga qo‘ygan ma'qul.

8. Superelimni ketkazish

Superelimning qiziq xususiyati bor: u qo‘llarda yaxshi yopishadi. Uning qoldig‘ini ketkazish uchun ko‘p miqdorda yog‘ tomizing va teriga ishqalang. Kirlangan joylarni cho‘tka bilan ishqalang va qo‘lingizni sovun bilan yuvib tashlang.

9. Taxtakachdan piyoz va sarimsoq hidini yo‘qotish

Yuvilganidan keyin ham shubhali hid ketmasa, taxtakachni yog‘ tomizilgan salfetka bilan arting. Keyin taxtakachni suvda chayqang. Hiddan asar ham qolmaydi.

10. G‘ichirlaydigan ilgaklarga surtish

Doimiy ravishda g‘ichirlaydigan eshik sabr bo‘yicha jahon chempioni. Tezkor vosita sifatida yog‘ asqotadi. Uni pipetka yoki shpritsga to‘ldiring va harakatlanadigan qismlarga tomizing. Qolganini salfetka bilan arting.

Mavzuga oid