Jahon | 00:38 / 06.09.2018
8255
1 daqiqa o‘qiladi

Paragvay Isroildagi elchixonasini Al-Qudsdan yana avvalgi joyiga ko‘chirdi

Foto: Fotolia / AZN99

Paragvay prezidenti Isroildagi mamlakat elchixonasini Al-Qudsdan Tel-Avivga qaytarishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Luis Kastiloni ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, Paragvay may boshida boshlangan elchixona ko‘chirilishini to‘xtatib, uni Tel-Avivga qaytarmoqda. Ta'kidlanishicha, elchixonani Al-Qudsga ko‘chirib o‘tkazish qarori bir tomonlama va hukumat bilan maslahatlashuvsiz qabul qilingani va shu sababli bu hujjat hech qanday asosga ega emasligi aytib o‘tilgan. 

Kastilonining aytishicha, Paragvay bu harakatlari bilan Yaqin Sharqdagi tinchlikka erishish uchun xalqaro sa'y-harakatlarni faollashtirishga o‘z hissasini qo‘shmoqchi.  

Paragvay joriy yil may oyida AQSh va Gvatemaladan keyin Isroildagi elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirgan uchinchi davlat bo‘lgandi. 

Mavzuga oid