Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saytlardan foydalanishni cheklash kim tomonidan amalga oshiriladi?
Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Internet tarmog‘i axborot resurslaridan foydalanishni cheklash bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Maxsus vakolatli organ Reyestrga kiritilgan Internet tarmog‘i axborot resurslaridan foydalanishni cheklashga doir tashkiliy va dasturiy-texnik chora-tadbirlar ko‘radi.
Foydalanishni cheklash faqat identifikatsiya ma'lumotlari Reyestrga kiritilgan Internet tarmog‘i axborot resurslariga nisbatan tatbiq etiladi.
Foydalanishni cheklash choralarini ko‘rish Internet tarmog‘i axborot resurslari identifikatsiya ma'lumotlari Reyestrga kiritilgandan keyin o‘n ikki soat mobaynida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi cheklangan Internet tarmog‘i axborot resurslari O‘zbekiston Respublikasi foydalanuvchilari murojaatlariga javoban maxsus vakolatli organ quyidagi ma'lumotlar berilishini ta'minlaydi:
taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i axborot resursi identifikatsiya ma'lumotlarining Reyestrga kiritilgani haqida xabar;
murojaat uchun bog‘lanish ma'lumotlari.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
13:54 / 01.05.2025