Sport | 20:22 / 08.09.2018
19046
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston U21 terma jamoasi xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi
O‘zbekiston U21 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada so‘nggi o‘yinni o‘tkazdi.
Avvalroq, Jamshid Saidov boshchiligidagi futbolchilar Tojikiston U21 va Myanma U21 terma jamoalarini mag‘lub etishgan edi. Bugungi o‘yinda ular Xitoy U21 terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang natijani qayd etishdi. Hamyurtlarimizning yagona goliga Sherzod Nasrullayev mualliflik qildi.
Natijada, 7 ochko to‘plagan yurtdoshlarimiz musobaqa g‘olibi bo‘lishdi. 2-o‘rin Xitoyga nasib qilgan bo‘lsa, 3 va 4-o‘rinlarni Tojikiston va Myanma yoshlar terma jamoalari o‘zaro bo‘lib olishdi.
Mavzuga oid
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
16:39 / 11.03.2022
O‘zbekiston razvedkachilari Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi
12:37 / 10.04.2021
O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
19:37 / 27.07.2020