Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: hindistonlik boshi bilan 217 yong‘oqni chaqib tashladi
Hindistonlik Navi Kumar Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi. U bir daqiqa ichida maksimal ko‘p miqdordagi yong‘oqlarni boshi bilan chaqib tashlab, o‘z nomini tarixga kiritdi, deb xabar qilmoqda Fox News.
Jarayon videosidan ko‘rish mumkinki, Kumar boshi bilan bir tekisda ishlagan hamda 217ta yong‘oqni chaqib tashlagan. Rolik e'lon qilinganidan so‘ng, uni deyarli 50 mingga yaqin odam tomosha qildi.
Videoga qoldirilgan izohlarda ba'zi foydalanuvchilar erkakning sog‘lig‘i haqida tashvishlana boshladilar. «Umid qilamanki, sizning miyangiz tashqariga chiqib ketmaydi», - deb yozadi ulardan biri. Boshqalar esa Kumarning harakatlarini ma'qulladilar. «Xuddi bolg‘a kabi kuchli bosh», - deya xulosa qilgan boshqa bir foydalanuvchi.
Yong‘oqni bosh bilan urish orqali chaqib tashlash bo‘yicha avvalgi rekord pokistonlik Muhammad Rashidga tegishli edi. U bir daqiqada 155 yong‘oqni chaqishga muvaffaq bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, erkak jang san'atlari bilan shug‘ullangan, ammo Rashid boshidan bunday foydalanish uchun qancha mashq qilgani noma'lum.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025