Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya ofitseri o‘z uyida adashib, boshqa uy egasiga o‘q uzdi
Dallaslik politsiyachi ayol o‘z uyini adashtirib, boshqa uyga kirib qolgan va "o‘z uyida" jinoyatchi bor deb o‘ylab, uy egasiga qarata o‘q uzgan.
Nima qilib qo‘yganini anglaganidan so‘ng ayol darhol tez tibbiy yordam va politsiyani chaqirib, ro‘y bergan voqeani tushuntirdi.
Ko‘rsatilgan tezkor yordamga qaramay, 26 yoshli Botem Shem Jin shifoxonada vafot etdi.
Politsiyachi ayol qo‘lga olingan, uning ismi oshkor qilinmagan. Qanday qilib ayol begona kvartiraga kirgani, kalit boshqa uy eshigiga tushgan yo tushmagani, eshik ochiq qolganmi yoki yo‘q - aniqlik kiritilmagan.
Uy egasi Botem Jin AQShga Sent-Lyusiya orol davlatidan ko‘chib borgan. U taniqli PricewaterhouseCoopers kompaniyasining diplomli xodimi, auditori va mahalliy nasroniylar jamiyatining ko‘zga ko‘ringan a'zosi bo‘lgan.
Voqea ilk e'tirozlarni keltirib chiqarishga ulgurdi - Dallas politsiyasi shtab-kvartirasi oldida 150 kishi ofitserni ozodlikdan mahrum qilishni talab qilib namoyish o‘tkazdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025