Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda yoshlar haftaligi o‘tkaziladi
Buxoro viloyatida 10-15 sentabr kunlari «Yoshlar haftaligi» bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur haftalikda Buxoro viloyatining Kogon, Buxoro, Qorovulbozor, Shofirkon, G‘ijduvon tumanlarida bir qator tadbirlar, ochiq muloqotlar, seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. «Yoshlar haftaligi»da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, «Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar markazi», «Yoshlarga psixologik xizmat ko‘rsatish markazi», Yoshlar muammolarini o‘rganish instituti, Respublika yosh ijodkorlar kengashi vakillari ishtirok etadi.
Haftalik doirasida notinch hamda jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar bilan ishlash bo‘yicha seminar, imkoniyati cheklangan bolalar bilan uchrashuv, ijodkorlar bilan uchrashuv va kitob taqdimotlari, maktab va ittifoq sardorlari uchun o‘quv seminar, sport musobaqalari, notinch hamda jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar bilan ishlash bo‘yicha seminar, mehnat yarmarkalari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025