Kia’ning yangi 8 o‘rindiqli krossoveri modalar namoyishida “debyut qildi”
Kia’ning yangi 8 o‘rindiqli krossoveri New York Fashion Week moda haftaligi doirasida modeler Brandon Maksuell namoyishi vaqtida ilk bor ko‘rsatildi. Telluride deb nomlangan krossover fermercha uslubda taqdim qilingan. Bunga Texasning qishloq muhiti ilhomlantirgan. Yangi modelning rasmiy taqdimoti 2019 yil yanvarda Shimoliy Amerikadagi xalqaro avtosalonda bo‘lib o‘tadi.
Mashinaning o‘ziga jalb qiluvchi jihati tabiiy yog‘ochdan ishlangan bezak elementlari va charm bilan ishlov berilgan saloni bo‘ldi. Charmdan shuningdek eshiklar dastagi va yon oynalar korpuslarini bezashda foydalanilgan. Bundan tashqari, mashina bamper va ostonalar himoyasi, chig‘ir, shnorkel, zaxira g‘ildiragi uchun mahkamlagich va tomga o‘rnatiladigan bagajnik, 20 dyuymli g‘ildirak disklari bilan jihozlangan. Mashinaning yukxonasida metall va charm ishlatilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Kia Telluride modeli Quoris sedanining V-simon 6 silindrli dvigateli hamda 238 ot kuchiga ega 2 litrli “turboto‘rtlik” bilan jihozlanadi.
Mashinaning AQShda savdoga chiqarilishi 2019 yil boshiga rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:00
Oilaviy sayohatlar uchun Kia Sorento tanlanishining asosiy sabablari
17:00 / 18.10.2024
Kia'dan «Baxtli soatlar» aksiyasi: avtomobillar 20 foizgacha foyda bilan
17:00 / 30.09.2024
Yangilangan Kia K5 Turbo intereri: zamonaviylik va qulaylik
19:00 / 27.07.2024