Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda Saudiya Arabistoni malikasining qimmatbaho buyumlari o‘g‘irlandi
Parij shahridagi Vandom maydonida joylashgan mehmonxonalardan birida 800 ming yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlandi, deya xabar bermoqda mahalliy OAV.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu zargarlik buyumlari Saudiya Arabistoni qirollik oilasi malikasiga tegishli bo‘lgan. Aytishlaricha, u qimmatbaho taqinchoqlarni seyfga solishni unutgan.
Mehmonxona nomerida hech qanday xonani buzib kirish belgilari aniqlanmagan.
Malika shikoyat yozgan, politsiya voqea yuzasidan tergov ishini boshlagan.
Shu yilning avgust oyida Fransiyada noma'lum kimsalar Hermes brendiga egalik qiluvchi Ermes oilasining 80 yoshli juftligi buyumlarini o‘g‘irlagani haqida ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025