Jahon | 01:06 / 10.09.2018
31992
1 daqiqa o‘qiladi

Tinch okeani qa'rida sirli izlar topildi

Tinch okeanining Meksika va Gavayi orasidagi qismida 4 ming metr chuqurlikda ba'zi olimlarning fikricha noma'lum uchar jism tomonidan qoldirilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan sirli izlar topildi.

Foto: National Oceanography Centre

2,5 metr uzunlikka va 30 santimetr chuqurlikka ega bo‘lgan izlar Sautgemptondagi Milliy okeanografik markaz olimlari tomonidan chuqur suv osti roboti yordamida aniqlangan. Britaniyalik olimlar izlar topilgan joyda tog‘-kon ishlari yoki ilmiy operatsiyalar o‘tkazilganini istisno qilishgan hamda izlar baliqlar yoki chuqur suv osti jonzotlari tomonidan qoldirilish uchun haddan ziyod kattaligini ta'kidlab o‘tishgan.

Olimlardan biri doktor Li Marshning aytishicha, tahlil izlar tasodifiy tarzda joylashmaganini ko‘rsatgan. Mutaxassis ushbu izlar juda kam holatlarda bunday katta chuqurlikka sho‘ng‘iydigan kitlar tomonidan qoldirilgan bo‘lishi mumkinligini aytgan. 

Mavzuga oid