Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi xonadondan 7,5 kilogramm giyohvandlik moddasi topildi
2018 yilning 6 sentabr kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida viloyat IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2018” tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Tadbir davomida “Qaynar” QFYda yashovchi I.E. uyi tomida 7 kg. 627 gr. “marixuana” va 589 gr. “ko‘knor” giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025