Sport | 22:00 / 11.09.2018
18440
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Eronga yutqazdi

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eron bilan o‘rtoqlik bahsini o‘tkazdi.

Birinchi bo‘limda Eron biroz tashabbusga ega bo‘ldi. Raqib to‘pni nazorat qilishda va xavfli zarbalarda ustunlik qildi. Biroq, dastlabki 45 daqiqada hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham eronliklar ustunligi sezilib turdi. 67-daqiqada ular buni golga aylantira olishdi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib kelgan eronlik futbolchi to‘pni darvoza tomon oshirganida, Mahdiy Turobiy uni qiyinchiliksiz darvozaga yo‘lladi.

O‘yin oxiriga qadar O‘zbekiston terma jamoasi hisobni tenglashtirish uchun xavfli vaziyat yarata olmadi. Natijada, Eron Toshkentdan kichik hisobdagi g‘alaba bilan ketadigan bo‘ldi.

O‘rtoqlik o‘yini
11 sentabr, Toshkent. "Milliy" stadioni

O‘zbekiston - Eron - 0:1 (0:0)
Gol:
Mahdiy Turobiy (67)

Hakamlar: Dmitriy Mashentsev, Bahodir Qo‘chqorov, Ismoil Tolibjonov (barchasi Qirg‘iziston), Sanjar Shoyusupov (O‘zbekiston).

O‘zbekiston: Eldorbek Suyunov, Vitaliy Denisov (Vladimir Kozak, 72), Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Farrux Sayfiyev, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov (Sanjar Tursunov, 46), Marat Bikmayev (Husniddin G‘ofurov, 46), Sardor Rashidov (Sardor Sobirxo‘jayev, 56), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Igor Sergeyev, 46)

Eron: Amir Obidzoda, Murtazo Puraliganjiy, Majid Husayniy (Pejman Muntaziriy, 62), Vuriya G‘ofuriy (Sodiq Muharramiy, 46), Milod Muhammadiy, Said Izzatullohiy (Mas'ud Shojaiy, 69), Umid Ibrohimiy, Ashkon Dejog‘a (Somon Quddus, 46), Ali Qulizoda, Alirizo Jahonbaxsh (Mahdiy Turobiy, 46), Karim Ansorifard (Mahdiy Turobiy, 64)

Mavzuga oid