Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va kurdlar IShIDning oxirgi tayanchiga hujum boshladi
AQSh harbiylari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kurdlarning «Suriya Demokratik kuchlari» partiyasi jangchilari Dayr-az-Zor viloyati hududidagi Xadjin shahriga — IShIDning oxirgi tayanch nuqtasiga hujum boshladi. Bu haqda The Washington Post xabar tarqatmoqda.
Hujum 10 sentabr kuni kechqurun AQSh Harbiy-havo kuchlari ishtirokida boshlangan. Xadjin — Frot daryosining sharqiy qirg‘og‘ida, 250 kv km maydonni qamragan cho‘l hududi o‘rtasida joylashgan shahar bo‘lib, bu shahar IShID jangarilari qo‘lida qolayotgan oxirgi shahardir.
Nashr xabarida qayd etilishicha, kurdlar bu shaharni egallasa, IShID butunlay tugatilmasa ham, «Xalifalik» sifatida yo‘q bo‘ladi. Jangarilar tahdid solishda davom etsa, ular bundan keyin butun Suriya bo‘ylab tarqoq joylashishga majbur bo‘lishadi.
AQSh Qurolli kuchlari vakilining qayd etishicha, ushbu amaliyot juda murakkab bo‘lib, u keyingi yil boshiga qadar davom etishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, bu shaharda «oxirigacha qarshilik ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan» 2,5 ming nafardan ortiq jangari bor. Kurdlar, amerikaliklar va boshqa ittifoqchilar jangarilarning yer osti tunnellari orqali kelishi, pistirmalar qo‘yishi va xudkush terrorchilar hujumiga hozirlik ko‘rishi kerak bo‘ladi.
Kurdlarning ma'lumotiga ko‘ra, shahardagi jangarilarning aksar qismi xorijliklardir.
AQSh Mudofaa vazir Jyeyms Mettisning aytishicha, Xadjinda IShIDning asosiy yetakchilari ham joylashgan bo‘lishi mumkin.
Amerika ma'muriyati bu hududdagi harbiylari kurdlarni rasmiy Damashqdan bo‘ladigan xavflardan himoya qilish uchun ham qolishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?
17:31 / 03.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Turkiyada kurd isyonchilari qurolli kurashni tugatmoqda
11:33 / 10.12.2024
Asad rejimi qulagach, Turkiya Suriya shimolida kurdlar bilan jang olib bormoqda
08:32 / 09.12.2024