Jahon | 22:03 / 12.09.2018
24288
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston gerbidagi yozuv o‘zgartirildi

Endilikda Qozog‘iston davlat gerbida QAZAQSTAN so‘zi yangilangan standartda qo‘llaniladi. Bu haqda Qozog‘iston texnik tartibga solish va metrologiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Qo‘mita matbuot kotibi Yerkema Muxtarning so‘zlariga ko‘ra, gerbda kirill grafikasi asosida bitilgan "Qazaqstan" yozuvi lotin grafikasidagi "QAZAQSTAN" yozuviga o‘zgartiriladi. 

Mazkur o‘zgarish Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qozoq tili alifbosini kirill grafikasidan lotin grafikasiga o‘tkazish haqidagi farmoniga muvofiq amalga oshirilganligi aytilmoqda.

Mavzuga oid