Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Usmonov va Alibaba MDHdagi eng yirik elektron tijorat maydonchasini yaratadi
Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RTIJ), Xitoyning Alibaba Group kompaniyasi, Rossiyaning «Megafon» uyali aloqa operatori va Mail.Ru Group texnologiya kompaniyasi Rossiya va MDH mamlakatlarida elektron tijorat sohasidagi eng yirik qo‘shma korxona tashkil etilishi haqida e'lon qildilar. Bu haqda Forbes Russia xabar berdi.
Tomonlar AliExpress Russia qo‘shma korxonani tashkil etish bo‘yicha kelishuvni 2019 yilning birinchi choragida yopishni rejalashtirmoqda, u «elektron tijoratning barcha segmentlari, jumladan, transchegaraviy va mahalliy marketpleyslarda, shuningdek, o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdolarida» korporatsiyalar hamkorligini amalga oshiradi.
«Elektron tijorat sohasida global yetakchi bilan hamkorlik Rossiya iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Asosiy o‘yinchilar o‘rtasidagi alyans elektron tijorat bozorida trendga aylanmoqda. Bu Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik ekani hisobga olinsa, kelishuv Rossiya-Xitoy ishbilarmonlik munosabatlarining mustahkamlanishi bo‘yicha katta salohiyatga ega ekaniga ishonchim komil. Rossiyada elektron tijoratda juda katta salohiyat bor. Bundan tashqari, Rossiya ishlab chiqaruvchilari oldida yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochiladi», - deya izoh bergan Mail.ru Group va «Megafon» egalaridan biri Alisher Usmonov.
Kelishuv yopilgani va u barcha ishtirokchilar tomonidan muvofiqlashtirilganidan so‘ng sheriklar AliExpress Russia’ga quyidagi ulushlarda egalik qiladi: 48% Alibaba Group, 52% – rossiyalik sheriklar: «Megafon» (24%), Mail.Ru Group (15%) va RTIJ (13%).
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025