Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple iPhone SE va X’ni «ko‘mdi»

Foto: Nick Ackerman/YouTube
Apple kompaniyasi rasmiy saytdan iPhone X, SE va 6s haqidagi ma'lumotni olib tashladi. Bu esa, smartfonlarni ishlab chiqarish hamda sotish to‘xtatilganini anglatadi.
Kompaniya 12 sentabr, chorshanba kuni taqdimot o‘tkazib, yangi smartfonlarini ko‘rsatdi. Ularning anonsidan keyin saytdan «eskirgan» telefonlar olib tashlandi. Shu tariqa, hozirgi paytda faqat Phone Xs, Xs Max, Xr, 8 va 7’ni sotib olish mumkin. Kompaniya bu modellar uchun aksessuarlar sotuvini ham to‘xtatdi.
Bundan tashqari, yangi iPhone’lar to‘plamida 3,5 millimetrlik jyekka Lightning’ga ega bo‘lgan o‘tkazgich bo‘lmaydi hamda kompaniyaning barcha hozirgi smartfonlari quloqchinlar uchun raz'yomlar bo‘lmaydi.
Yangi iPhone Xs va Xs Max diagonali 5,8 hamda 6,5 dyuym bo‘lgan OLED-displeylarga ega. iPhone Xr 6,1-dyuymlik IPS-ekran bilan jihozlandi. Barcha uchta smartfon yangi Apple A12 protsessori bazasida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple yangi Apple Watch Series 4’ni taqdim etgandi.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025