Jahon | 13:31 / 13.09.2018
19907
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp yangi sanksiyalarni o‘ylab topdi - OAV

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikadagi saylovlarga aralashganlik uchun sanksiyalar joriy etish imkonini beruvchi farmonni imzoladi. Bu haqda 12 sentabr, chorshanba kuni davlat rahbarining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton xabar berdi, deb yozmoqda Reuters.

Ta'kidlanishicha, cheklovlar ham alohida shaxslar va kompaniyalar, ham butun boshli davlatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Ularning nomiga aniqlik kiritilmagan.

Sanktsiyalar aktivlarni muzlatish va moliyaviy muassasalar xizmatlaridan foydalanishga cheklovlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bundan tashqari, AQSh fuqarolariga qora ro‘yxatda bo‘lgan kompaniyalarga mablag‘lar yo‘naltirish ham taqiqlanadi.

Avvalroq, Trampning farmonni imzolash haqidagi qarori maxsus xizmatlar va harbiylar tomonidan qo‘llaniluvchi choralarga o‘xshab ketishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ular ham Kongressga noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarga xorijiy aralashuvning oldini olish maqsadida tegishli choralar ko‘ryapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana uzaytirgandi.

Mavzuga oid