100 va 200 yevrolik yangi kupyuralar taqdim qilindi
Germaniyaning Frankfurt shahrida 17 sentabrda 100 va 200 yevrolik qiymatdagi yangi kupyuralar taqdim qilindi. Bu haqda Finanzen nashri ma'lum qildi.
2019 yil may oyida muomalaga kiritiladigan kupyuralarni Yevropa markaziy banki boshqaruvi a'zosi Iv Mersh taqdim qildi.
“Yevropa” seriyasidagi banknotalar qalbakilashtirishdan qo‘shimcha himoyaga ega. Bunday himoya 5 yevrodan 50 yevrogacha qiymatdagi banknotalarda qo‘llangan.
Kupyuralarni bosishda “€” belgili maxsus gologramma qo‘llanadi. Shuningdek, ularda afsonaviy Yevropaning (qadimgi yunon mifologiyasida finikiyalik shoh qizi) surati va arxitekturaviy elementlar tasvirlanadi.
100 va 200 yevrolik kupyuralarning o‘lchami ham o‘zgardi, endi ular 50 yevrolik kupyura kabi o‘lchamlarga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:05 / 20.08.2024
YeIda 11 mln yevrolik qalbaki banknotlar tayyorlagan shaxs hibsga olindi
12:02 / 28.12.2023
«Yevroning otasi» sifatida tanilgan siyosatchi Jak Delor vafot etdi
11:24 / 29.06.2023
YeIda raqamli yevroni joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi taqdim etildi
21:02 / 21.06.2023