O‘zbekiston | 15:15 / 18.09.2018
136119
9 daqiqa o‘qiladi

Buxorodagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar haqida ma'lumot berildi (ro‘yxat)

Foto: Bukhara info

2018 yilning 18 sentabr kuni soat 07:30larda ISUZU rusumli avtobus Kogon tumanidagi “Zelich oil” metan gaz quyish shoxobchasidan yoqilg‘i quyib, taxminan 700 metr masofa yurganidan so‘ng, “Kogon-Qorovulbozor” yo‘nalishining 201 km.da harakatlanib ketayotganida gaz balloni portlagani xabar qilingandi.

Natijada, avtobusda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 26 nafar fuqarolar jarohatlanib, ularning 4 nafari hodisa joyida va 1 nafari shifoxonada  vafot etgan, qolgan 21 nafar yo‘lovchilarning 5 nafari og‘ir, 7 nafari o‘rta og‘ir hamda 9 nafari yengil ahvolda, 5 nafar og‘ir bemor Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga, qolganlari esa Kogon shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga yotqizilib, ularga malakali shifokorlar tomonidan  tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Buxoro viloyati IIBning Kun.uz’ga xabar berishicha, hodisa joyiga viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev, viloyat prokurori B.Valiyev, viloyat IIB boshlig‘i Sh.Aliyev, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i F.Amonov, respublika DXX Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Asrorov, viloyat IIB YHXB boshlig‘i A.Ahmedov, YoXB boshlig‘i Sh.Xushnazarov, viloyat IIB huzuridagi TB tergovchilari, viloyat IIB EKB boshlig‘i L.Pulatov rahbarligidagi ekspertlar, sud-tibbiy eksperti, Respublika IIV YoXBB mas'ul xodimlari, Kogon shahri, Kogon, Vobkent va Buxoro tuman hokimlari, prokurorlari, IIB boshliqlari, ushbu tuman-shahar IIBlari hamda Buxoro viloyat IIB tezkor-tergov guruhi a'zolari chiqdi.

Hodisa joyi videokamera hamda boshqa ilmiy texnika vositalari qo‘llanilgan holda “Sanoatgeokontexnazorat” Buxoro mintaqaviy inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokida ko‘zdan kechirildi va uning sxemasi tuzildi hamda tekshirish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan ashyolar olindi.

Vafot etgan shaxslar: 

1.Ergasheva Fotima Axrorovna, 1974 yilda Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” MFY “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashagan.

2.Jumayeva Nilufar Abdullayevna, 17.01.1984 yilda Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 2 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” MFY “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashagan.

3.Jumayeva Hilola Fayzullayevna, 03.08.1982 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 3 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” MFY, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashagan.

4.Sadullayeva Robiya G‘aybullayevna, 17.05.1986 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 2 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” MFY, “Pushmon” qishlog‘ida yashagan.

5.Roziqova Gulshod O‘ralovna, 11.02.1970 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 3 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Kumushkent” MFY, “Kumushkent” qishlog‘ida yashagan.

Avtomashina haydovchisi:

6.Qobilov Vali Komilovich, 12.04.1972 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 2 nafar farzandi bor, “Vobkent Gulshani” MChJ haydovchisi, Vobkent tumani,“Pushmon” MFY, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashaydi.

Tan jarohati olgan shaxslar:

7. Jabborova Marjona O‘tkir qizi, 29.03.1999 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, turmushga chiqmagan, Vobkent tumani, “Pushmon” MFY, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashaydi

8.Jumayeva Nigina Narzullayevna, 21.07.1991 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 1 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” MFY, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashaydi.

9.Atoyeva Farida Doniyorovna, 12.02.1987 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 1 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” MFY, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashaydi.

10.Nasulloyev Ahad Rahmonovich, 18.09.1975 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 2 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, Kumushkent qishlog‘ida yashaydi.

11.Asrorov G‘afur Rajabovich, 09.08.1955 yil Buxoro tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 5 nafar farzandi bor,nafaqada, Vobkent tumani, “Pushmon” MFY, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashaydi.

12.Roziqova Gulsum O‘ralovna, 23.04.1974 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan,  O‘zbekiston fuqarosi, oilali 3 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Ko‘lxatib” MFY, “G‘utparig‘i” qishlog‘ida yashaydi.

13.Roziqova Gulzoda O‘ralovna, 22.07.1976 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 3 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Ko‘lxatib” MFY, “G‘utparig‘i” qishlog‘ida yashaydi.

14.Ergasheva Gulandom Sharipovna, 10.01.1978 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 2 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashaydi.

15.Ergashev Vali Axrorovich, 16.06.1968 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 3 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashaydi.

16.Tosheva Zaynab Shaxanovna, 25.12.1970 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 2 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Oblogo‘y” qishlog‘ida yashaydi.

17.Sanoyev Muxtor Yodgorovich, 27.01.1968 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 2 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Oblogo‘y” qishlog‘ida yashaydi.

18.Jo‘raqulova Sarvinoz Norpo‘latovna, 12.04.1992 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 2 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Kumushkent” qishlog‘ida yashaydi.

19.Jo‘raqulova Sadoqat Norpo‘latovna, 07.08.1996 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, turmushga chiqmagan, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Kumushkent” qishlog‘ida yashaydi.

20.Roziqova Gulandom O‘ralovna, 11.05.1981 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 3 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Terakli” qishlog‘ida yashaydi.

21.Shonazarova Abera Turobovna, 25.12.1986 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 1 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Hayrabodcha” qishlog‘ida yashaydi.

22.Po‘latova Inobat Murtazoyevna, 23.11.1972 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 3 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Hayrabodcha” qishlog‘ida yashaydi.

23.Roziqova Gulnoz O‘ralovna,13.08.1972 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 5 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” qishlog‘ida yashaydi.

24.Bekmurodova Malika Ibragimovna, 25.03.1982 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 3 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” qishlog‘ida yashaydi.

25.Botirova Fazila, 1957 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 3 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” qishlog‘ida yashaydi.

26.O‘rinova Hurmat Axtamovna, 29.07.1987 yil Vobkent tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, oilali 2 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Vobkent tumani, “Pushmon” qishlog‘ida yashaydi.

Mazkur holat yuzasidan 18.09.2018 yilda viloyat IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 259-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat IIB TB zimmasiga yuklatildi va viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Dastlabki tergov davomida sudga oid tibbiyot, avtotexnika va yong‘in texnika ekspertizalari tayinlandi.

Shuningdek, “Zelich oil” metan gaz quyish shoxobchasida avtomobillarga yoqilg‘i quyish normalariga rioya qilinishi ahvolini o‘rganish borasida, mutaxassislar jalb qilinib, o‘rganishlar olib borilmoqda.

Avvalroq, Buxorodagi fojia bo‘yicha IIB yangi ma'lumot bergandi.

Mavzuga oid