Sport | 20:33 / 19.09.2018
3615
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Kubogi. «Bunyodkor» qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi

Foto: Bunyodkor FK Matbuot xizmati

O‘zbekiston Kubogida chorakfinaldan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Andijon» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazdi. Hisob 14-daqiqada mehmonlar tomonidan ochildi. 14-daqiqada Mirjamol Qosimov gol urgan bo‘lsa, 26-daqiqada Shahzodbek Nurmatov hisobdagi farqni oshirdi. 1-bo‘lim oxirida Davron Isoqov himoyachilar xatosidan foydalanib, javob to‘pini kiritdi. 

Ikkinchi bo‘limda «Andijon» hisobni tenglashtirish uchun ko‘p urindi, ammo eplolmadi. Natijada, «Bunyodkor» yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq, «Qo‘qon-1912» va «Paxtakor» klublari ham yarimfinalga yo‘l olishgan edi.

O‘zbekiston Kubogi, 1/4 final. 
19 sentabr, Andijon
Andijon (Andijon) – Bunyodkor (Toshkent) - 1:2
Gollar: Davron Isoqov (40) - Mirjamol Qosimov (14), Shahzodbek Nurmatov (26)

Mavzuga oid