Jahon | 08:45 / 20.09.2018
28107
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya sohillarida antiqa jonzot topildi

Yangi Zelandiyaning Oklend shahri sohilbo‘yida noodatiy jonzot topildi.

Pushti rangdagi “mahluq”qa mahalliy plyajlardan birida dam olayotganlar duch kelishgan. Ular topilgan jonzot qimirlab-qimirlab qo‘yayotganini e'tibor qaratishgan. 

Foto: Adam Dickinson

Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, topilgan “mahluq” sertuk sianeya – ulkan meduza bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, ushbu meduzaning gumbazi diametri 2 metrgacha, paypaslagichlari uzunligi esa 20 metrgacha yetishi mumkin. Bu turdagi meduzalar plankton, mayda baliq va boshqa mitti dengiz jonzotlari bilan oziqalanadi hamda Atlantika va Tinch okeanlari dengizlarida yashaydi.

Foto: Adam Dickinson

Mavzuga oid