Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha amaldagi jahon chempioni doping testidan o‘tolmadi
Butunjahon boks kengashi (WBC) talqini bo‘yicha ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi jahonning amaldagi chempioni amerikalik Devid Benavides doping testidan o‘ta olmadi.
Tashkilotning rasmiy sayti xabariga ko‘ra, sportchining namunalarida kokain metaboliti topildi. AQSh vakili B namunasini ochiqlashdan bosh tortdi.
WBC’ning intizom qo‘mitasi bokschi tomonidan giyohvand moddalar iste'mol qilinishi holatlari bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.
Benavides o‘z faoliyatidagi barcha 20ta jangda g‘alaba qozongan bo‘lib, ulardan 17tasini nokaut bilan yakunlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Golovkindan chempionlik kamarini tortib olgan Alvaresning ringga qachon qaytishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi
17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi
21:01 / 13.01.2025