Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura: pora bergan veterinariya bo‘limi boshlig‘i ushlandi
Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi inspektori R.B.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda Qo‘qon shahar veterinariya bo‘limi faoliyati bo‘yicha qonunbuzilishi holatlari aniqlanganligi sababli, mazkur bo‘lim boshlig‘i E.I. unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va ishni uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga R.B.ga 1 mln. so‘m pora berishni taklif qilib, Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi binosida 1 mln. so‘mni pora tariqasida R.B.ga bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan E.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Departament vakiliga pora bergan sobiq bank xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
22:26 / 16.05.2025