Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishga kiritishni va'da qilib, 10 000 dollar olgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 19 sentabr kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2016 yil sentabr oyida Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi X.X. ismli ayol tanishi Yakkasaroy tumanida yashovchi G.S.ni test sinovlari natijasiga ko‘ra, past ball to‘plaganligi sababli Toshkent Davlat pedagogika universitetiga apellyatsiya tartibida o‘qishga kirish masalasini hal qilib berishini aytib, undan 10 ming AQSh dollarini aldov yo‘li bilan olib, ishini hal qilmasdan pullarini qaytarmaganligi ko‘rsatilgan.
X.X. ismli ayol qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025