Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy energetika boshqarmasi rahbari korrupsiyada ayblandi. U uyg‘ur ekani aytilyapti
Xitoy Kommunistik partiyasining tartib-intizomni tekshirish bo‘yicha Markaziy komissiyasi Xitoy davlat energetika boshqarmasi rahbari Nur Bekriga nisbatan surishtiruv boshladi, deb xabar bermoqda OAV.
Ehtimoliy qonunbuzilish holatlari haqida ma'lumotlar keltirilmayapti. Faqatgina gap «partiya intizomini jiddiy buzish» haqida ketayotgani aytiladi. Xitoyda bu korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat ekanligini anglatadi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Nur Bekri millati bo‘yicha uyg‘ur bo‘lib, mamlakat shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida tug‘ilgan. U 57 yoshda. Davlat energetika boshqarmasi rahbari lavozimidan tashqari, Davlat taraqqiyot va islohotlar qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda uyg‘urlar uchun «qayta tarbiyalash lagerlari» borligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025