Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: erkak tez yordam mashinasining keksa haydovchisini do‘pposladi
Hodisa Olmaota shahrida yuz berdi, deb xabar qilmoqda Nur.
Videorolikdagi kadrlardan ko‘rish mumkinki, Volkswagen tez yordam mashinasi uchun yo‘lni to‘sib qo‘ygan, shundan so‘ng tajovuzkor erkak haydovchiga tashlangan.
Shu payt maxsus mashinada ikki nafar yoshi katta ayol bo‘lgan, ular shifoxonaga olib ketilayotgan edi.
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov ro‘y bergan hodisadan so‘ng qisqa muddat ichida qoidabuzarni topish haqida talab qo‘ydi.
Keyinchalik tajovuzkor erkak jabrlangan Nikolay Kuchma va barcha qozog‘istonliklardan uzr so‘radi.
Turkiya fuqarosi Ali Demirning tushuntirishicha, stress holatida bo‘lgan, shuning uchun o‘zini nazorat eta olmagan. Uning ta'kidlashicha, ro‘y bergan voqeadan juda uyalmoqda, bu holatda yaqinlari jabrlanishini xohlamaydi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, erkakning rafiqasi va besh oylik qizi bor, ular Qozog‘iston fuqarolari sanaladi.
Qayd etilishicha, tez yordam mashinasi haydovchisi ko‘ngil aynishi va bosh aylanishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025