Eng mashhur optik illyuziyaning siri oshkor bo‘ldi
Flinders Universiteti va Janubiy Avstraliya Universitetidan bo‘lgan olimlar guruhi tajriba o‘tkazdilar va «Mening xotinim va qaynonam» mashhur optik illyuziyasini qanday qabul qilish hamda ko‘rish tomoshabinning yoshiga bog‘liq ekanini aniqlashdi. Bu haqdagi tadqiqot Scientific Reports jurnalida e'lon qilindi.
Suratda bitta yuzda ikki qiyofa uyg‘unlashtirilgan: yosh qiz (u yarim o‘girilib turibdi) va yoshi keksa ayol (yon tomonidan ko‘rinadi).
Tajribada jahonning 22 davlatidan bo‘lgan, 18 - 68 yoshlar oralig‘idagi 666 kishi ishtirok etdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 30 yoshdan kichik bo‘lganlar ko‘proq qizni ko‘rishgan, 30 yoshdan kattalar esa aksariyat hollarda yoshi keksa ayolni payqashgan.
«Mening xotinim va qaynonam» tasviri 1888 yildagi nemis otkritkasida birinchi marta paydo bo‘lgan. 1915 yilda karikaturachi Uilyam Eli Xill o‘z talqinini taqdim etdi, keyinchalik u optik illyuziyaning klassik namunasiga aylandi.
Mavzuga oid
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
19:30 / 12.11.2024
Yong‘oqlar orttirilgan aqliy zaiflikka chalinish xavfini kamaytiradi - tadqiqot
10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi
17:18 / 05.11.2024