Jamiyat | 09:05 / 22.09.2018
34582
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: IIBB to‘rtta Range Rover’dan iborat to‘y kortejini jarimaga tortdi

Bugun, 21 sentabr kuni, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Bunyodkor ko‘chasida kortej tarkibida harakatlangan 4ta avtomobil to‘xtatildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

«O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasiga muvofiq «Range Rover» markasidagi avtomobillar haydovchilari yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid uyg‘otib, guruh bo‘lib harakatlanish holatida ishtirok etganlik uchun javobgarlikka tortildi», - deyiladi mahkama xabarida.

Foto: IIBB matbuot xizmati
Foto: IIBB matbuot xizmati
Foto: IIBB matbuot xizmati
Foto: IIBB matbuot xizmati

 

Mavzuga oid