Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Suriyada kimyoviy hujumning soxta qurbonlari qutqarilishi videoga olindi
Idlibda kimyoviy hujumni soxtalashtirish holatining bir nechta dubli ko‘rsatilgan «Oq kaskalar» videoyozuvi YouTube videoxostingida paydo bo‘ldi. Biroq, bir necha daqiqadan keyin u o‘chirib tashlandi. Videoning mazmuni SANA agentligining arab va ingliz tillaridagi versiyasida mavjud.
Agentlikning xabar berishicha, kimyoviy hujumni suratga olish ishlari bo‘yicha hammasi bo‘yicha uchta ssenariy yozib olingan. Suriya muxolifati bilan aloqador bo‘lgan «Oq kaskalar» besh daqiqalik rolikda kimyoviy quroldan jabr ko‘rgan odamlarga suv sepishganini ko‘rish mumkin. Bir nechta ssenariyda suratga olish ishtirokchilari o‘z rollarini o‘zgartirgan va bir qurbonlar rolida, bir tibbiyot xodimlari rolida ko‘rinish bergan, deya aniqlik kiritadi SANA. Bundan tashqari, videoyozuvda bir xil kishilarning kiyimlari detallari ajralib turadi.
Xabar qilinishicha, video Suriya hukumat kuchlarini kimyoviy hujum amalga oshirishda ayblab, AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Suriya armiyasiga zarbalar berishiga undash uchun tayyorlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Suriya bo‘yicha qaror qabul qilishga va'da bergandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025