Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu UYeFA o‘zini ta'qib qilmoqda deb hisoblayapti
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Valensiya»ga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yinida, maydondan chetlatilishida aybdorlarni topdi.
Futbolchining fikriga ko‘ra, Mestalya stadionidagi mojaro tasodif emas, bunda UYeFAning ham «qo‘li» bor. Monakoda o‘tkazilgan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimiga kelmagani uchun, tashkilot undan aynan shu tarzda o‘ch olmoqda, deb yozadi Marca.
Bundan tashqari, «Oltin to‘p»ning 5 karra sohibi «Real»ni tark etganidan so‘ng, unga bo‘lgan munosabat o‘zgarganini his qilyapti. Madrid klubida o‘ynab yurganida Ronaldu 20ga yaqin marta shunga o‘xshash tajovuzkor harakatlarni qilgan, ammo biror marta maydondan chetlatilmagan edi.
24 sentabr kuni Londonda FIFA yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazadi. Agar Ronaldu g‘alaba qozonmasa, mulozimlarni noxolislikda ayblashi mumkin.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025