Jahon | 11:20 / 23.09.2018
19984
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda terakt sodir etganlarning barchasi yo‘q qilindi

Foto: AFP/Getty Images

Eronning Ahvoz shahrida harbiy parad ishtirokchilariga hujum qilgan 4 nafar jangari yo‘q qilindi. Ta'kidlanishicha, jangarilar AQSh va Isroil razvedkalari bilan bog‘langan bo‘lgan. Bu haqda Eron qurolli kuchlari vakili Abulfazl Shakarchi ma'lum qilgan. 

Uning ma'lum qilishicha, 3 terrorchi voqea joyida, yana bir nafari shifoxonada jon bergan.

Shakarchi jangarilar IShID bilan bog‘langani haqidagi xabarni rad etgan. Uning ta'kidlashicha, jangarilar Fors ko‘rfazining yana ikki davlati tomonidan moliyalashtirilgan. 

Ahvozdagi terakt 22 sentabrda ertalab harbiy parad vaqtida sodir etilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, jangarilarning parad ishtirokchilarini o‘qqa tutishi oqibatida 29 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi yaralangan. 

IRNA axborot agentligining ma'lum qilishicha, otishmani tribuna ortida harbiy kiyimda bo‘lgan 4 kishi amalga oshirgan. Otishma 10 daqiqa davom etgan.

Mavzuga oid