Jahon | 23:00 / 23.09.2018
27940
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon: Jahonning ikkinchi eng katta vulqoni  "uyg‘ondi"

Ozarboyjon poytaxti Bakudan 35 kilometr masofada joylashgan Apsheron yarim orolida dunyodagi eng yirik vulqonlardan biri hisoblangan Otman-Bozdag‘ning portlashi ro‘y berdi. Ozarboyjon ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi saytida shu haqida xabar berildi. 

Manbaga ko‘ra, portlash ertalabki soat 9 atrofida boshlanib, hanuz davom etmoqda. 

"Vulqon balandligi 200-300 metrni tashkil qildi. Vulqonga yaqin hududda chuqurligi 40 metrgacha bo‘lgan ko‘p sonli yoriqlar yuzaga keldi", - deyiladi xabarda. 

Otman-Bozdag‘ vulqoni otilishi oxirgi marta 2017 yilning fevralida qayd etilgan edi. Vulqon qo‘riqxona hududida joylashgan bo‘lib, unga yaqin hududlarda aholi yashamaydi. 

Mavzuga oid