8. Yilning ramziy terma jamoasi
Jami 55 nafar futbolchi. Shundan darvozabonlar - 5, himoyachilar – 20, yarimhimoyachilar – 15, hujumchilar – 15 nafar.
9. Eng chiroyli gol uchun beriladigan Ferens Pushkash nomidagi mukofot
Garet Beyl («Real» - «Liverpul» o‘yinidagi gol)
Denis Cherishev (Rossiya – Xorvatiya)
Krishtianu Ronaldu («Real» - «Yuventus»)
Lazaros Xristodulopulos (AYeK - «Olimpiakos»)
Jorjian de Arraskaeta («Kruzeyro» - «Amerika»)
Rayli Makgri («Nyukasl» - «Melburn Siti»)
Lionel Messi (Argentina – Nigeriya)
Benjamen Pavar (Fransiya – Argentina)
Rikardo Kuarejma (Portugaliya – Eron)
Muhammad Saloh («Liverpul» - «Everton»)
1⃣DAY LEFT!
— FIFA.com (@FIFAcom) September 23, 2018
🚲 Brilliant bicycles
⚡️ Thunderous finishes
🙌 Solo spectaculars
🦂 And a stinging scorpion
Vote for your #Puskas favourite now!
👉 https://t.co/9AdqKqXho9#TheBest #FIFAFootballAwards pic.twitter.com/q0BdzRxvuR
Sovrinlar orasida eng ko‘p diqqatga sazovori, shubhasiz, yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan «The Best» mukofotidir. FIFA 1991 yildan buyon yilning eng yaxshi futbolchisini e'lon qilib keladi. 2010-2016 yillarda FIFAning eng yaxshi o‘yinchi sovrini va Fransiyaning nufuzli France Football nashri tomonidan ta'sis etilgan «Oltin to‘p» mukofoti birlashtirib kelingan, ammo 2016 yil yakunidan boshlab ular yana alohida-alohida topshiriladigan bo‘lgandi.
France Football`ning «Oltin to‘p»idan farqli o‘laroq, FIFAning «Eng yaxshi» sovrinlari ovoz berish orqali aniqlanadi. 25 foiz ovoz muxlislar va jamoatchilik fikri, yana 25 foiz jahon ommaviy axborot vositalari bergan ovozga asoslanadi. Qolgan 50 foizlik ovoz berish huquqi barcha terma jamoalar bosh murabbiylari (25%) va ularning sardorlariga (25%) berilgan.
O‘tgan yili FIFA Portugaliya terma jamoasi va o‘sha vaqtda «Real» hujumchisi bo‘lgan Krishtianu Ronalduni eng yaxshi deya e'tirof etgandi. Bu safar ham nomzodlar orasidan joy olgan Ronaldu bugungi taqdirlash marosimiga kelmaydi. Bunga futbolchi «Yuventus»ning tig‘iz taqvimini sabab qilib keltirgan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Yevropaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshilarini taqdirlash marosimidan farqli ravishda, bu safar Ronaldu tashkilotchilarni kela olmasligi haqida oldindan xabardor qilgan.
Shu bilan birga, 2006 yildan buyon ilk marta yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da'vogarlar uchligiga kiritilmagan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi Londondagi tadbir ishtirokchisi bo‘lishi kutilmoqda. U eng yaxshi o‘yinchi bo‘lish uchun da'vogarlar uchligida bo‘lmasa-da, yilning ramziy terma jamoasidan joy olishi va eng chiroyli gol muallifi sifatida e'tirof etilishi mumkin. Uning JCh-2018dagi Nigeriya termasi darvozasiga kiritgan goli Pushkash sovriniga nomzod qilib ko‘rsatilgan.