Jahon | 14:04 / 24.09.2018
3300
1 daqiqa o‘qiladi

Maldivda muxolifat yetakchisi mamlakatning yangi prezidenti bo‘ldi

Foto: REUTERS/Ashwa Faheem

Maldivdagi muxolifat yetakchisi Ibrohim Muhammad Solih mamlakat prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozondi. Bu haqda Maldiv Tashki ishlar vazirligi dushanba kuni Twitter'dagi rasmiy sahifasida ma'lumot tarqatdi.

Vazirlik mamlakat saylov komissiyasining dastlabki raqamlarini keltirib, yakshanba kungi prezidentlik saylovida amaldagi prezident Abdulla Yamanga nisbatan 16,7 foiz ko‘p ovoz to‘plagan Muhammad Solihning g‘alabasi haqida ma'lumot berdi.

Amaldagi prezident Abdulloh Yamin va muxolifatchi Maldivian Demokratik Partiyasi (MDP) nomzodi Ibrohim Muhammad Solih davlat rahbari lavozimini egallash uchun asosiy nomzodlar sifatida ko‘rilgandi.

Ma'lumotga ko‘ra, saylovda 250 ming saylovchi ishtirok etishi nazarda tutilgandi. Maldivning butun aholisi esa 400 ming kishini tashkil qiladi. Maldivdagi saylov komissiyasining raisi Ahmad Sharifning aytishicha, hukumat mustaqil va adolatli saylov jarayonini o‘tkazish uchun barcha choralarni ko‘rgan.

Mavzuga oid