Jahon | 14:21 / 24.09.2018
18739
1 daqiqa o‘qiladi

Moldova prezidenti o‘z lavozimidan chetlatildi

Foto: RIA Novosti / Miroslav Rotar

Moldova Konstitutsion sudi yangi vazirlarni tasdiqlashdan bosh tortgani sababli prezident Igor Dodonni vaqtinchalik o‘z vazifalarini bajarishdan chetlatdi.

Bunday qaror Konstitutsion sud tomonidan Demokratik partiya deputatlarining iltimosi bo‘yicha qabul qilindi.

«Interfaks»ning xabar berishicha, sud qarori parlament raisiga prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza qilish va oila, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, mintaqaviy rivojlanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish vazirini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzolashiga imkoniyat yaratib berishga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldova prezidenti Igor Dodon Kishinyovda ro‘y bergan norozilik namoyishlari yuzasidan o‘z fikrini bildirgandi.

Mavzuga oid