O‘zbekiston | 19:00 / 24.09.2018
27690
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati kuni belgilanishi kutilmoqda
5 aprel — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kuni sifatida nishonlanishi mumkin. Tegishli qonun Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, senatorlar mazkur masalani ko‘rib chiqishi kun tartibiga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 5 aprelida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzolagandi. Undan avvalroq, Senatning XIV yalpi majlisida senatorlar «Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini yoqlab ovoz bergan.
Mavzuga oid
19:56 / 15.10.2024
Qadimiy oltin tangalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
21:24 / 26.05.2023
O‘zbekistonlik yigit Ukrainadagi urushda halok bo‘ldi
15:47 / 31.07.2022
Toshkent viloyatida 2 gektar yerni 500 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
21:12 / 07.01.2022