O‘zbekiston | 11:42 / 25.09.2018
8295
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vazirligida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yangi lavozim tayinlovi yuz berdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2018 yilning 24 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov TIV Hay'atining kengaytirilgan majlisida Strategik tahlil va rejalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Farrux Tursunovni tanishtirgan. 

U bunga qadar O‘zbekistonning Yaponiya va Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TIVda yangi lavozim tayinlovi ro‘y bergandi. 

Mavzuga oid