Jahon | 23:46 / 26.09.2018
21050
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Poroshenko Rossiya TVsini yolg‘on axborot tarqatishda aybladi

Ruptly videoagentligi BMT Bosh assambleyasi sessiyasi vaqtida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko rossiyalik jurnalistlarga tanbeh berib, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bo‘lgan xonaga kirib ketgani videosini YouTube’da joylashtirdi.  

 

Lavrov o‘tirgan xona tomondan rossiyalik muxbir chiqib kelib, Poroshenkoga savol bilan yuzlandi: "Haqiqatda Donbassga xalqaro tinchlikparvar kuchlari kiritilishi bo‘yicha kelishuvga kelindimi?" “Rossiya televideniyesiga hech qanday intervyu bo‘lmaydi, chunki siz "feyk nyus"siz va yolg‘on axborot tarqatasiz. Omad!” deb, Poroshenko Rossiya delegatsiyasi uchrashuvlar o‘tkazadigan xonaga kirib ketgan.

Bir necha daqiqadan keyin Poroshenko xonadan indamaygina chiqib, Bosh assambleya yig‘ilishlari o‘tadigan zalga qarab ketgan. 

Mavzuga oid