Jahon | 23:40 / 27.09.2018
6309
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya shahri ma'muriyati aholiga parhez tutishni buyurdi

Foto: Global Look Press/Ralph Kerpa

Ispaniyaning shimolida joylashgan Naron shahri ma'muriyati sog‘liqni saqlash idoralari ko‘magida jamoaviy ozish tashabbusini bildirdi.

Loyiha tashabbuschilaridan biri shifokor Karlos Pinero jamoaviy ozish taklifini borgan sari ko‘proq odamlar faol turmush tarzini olib bormay qo‘yayotganini bilan tushuntirgan. Shifokor ham shahar meri Marian Ferreyro kabi mahalliy aholiga o‘rnak ko‘rsatmoqda. Jumladan, shifokor mahalliy aholi bilan jamoaviy yugurishlarda ishtirok etmoqda. Ma'lum qilinishicha, shaharchada 40 mingga yaqin kishi yashaydi. 

Ushbu tashabbusga shahar restoranlari ham qo‘shildi: ulardan 18 tasi o‘z taomnomasini o‘zgartirgan. Hozir bu restoranlarda dengiz jonzotlaridan tayyorlangan, sariyog‘ o‘rniga zaytun moyida tayyorlangan taomlarni uchratish mumkin.

Ta'kidlanishicha, Naron joylashgan Galisiya viloyatining 25 foiz aholisi ortiqcha vazndan aziyat chekib keladi, bu esa Ispaniyadagi eng yomon ko‘rsatkichlardan biridir. Mutaxassislarning fikricha, bu salbiy holat viloyatning pazandalik an'analari hamda iqlimi bilan bog‘liq, chunki Galisiya Ispaniyadagi eng ko‘p yomg‘ir yog‘uvchi hudud hisoblanadi.

Mavzuga oid