Jahon | 08:01 / 28.09.2018
2105
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada haydovchisiz maktab avtobusi sinovdan o‘tkazilmoqda

AQShning Transdev kompaniyasi haydovchisiz maktab avtobusini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu avtobus belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanib, bolalarni maktabga eltib qo‘yadi. 

Foto: Transdev

Avtobus EZ10 elektr avtobusi negizida qurilgan bo‘lib, 12 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Avtobusning tezligi haydovchi tomonidan boshqarish rejimida 48 km/soat, haydovchisiz rejimda esa 13 km/soat bilan cheklangan. 

Sinov Floridadagi Bebkok-Rench shahrida amalga oshirilmoqda. Avtobus kabinasida favqulodda vaziyatda boshqaruvni o‘z qo‘liga olish uchun muhandis bo‘ladi. Agar avtobus sinovi muvaffaqiyatli o‘tsa, kompaniya turli shaharlarda uning qatnovini yo‘lga qo‘ymoqchi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid