Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda eng zamonaviy F-35B qiruvchisi falokatga uchradi
AQShning 5-avloddagi F-35B qiruvchi samolyoti Janubiy Karolina shtatida falokatga uchradi. Bu haqda AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari korpusi matbuot xizmati va Byufort okrugi sherifi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, voqea 28 sentabrda mahalliy vaqt bilan soat 11:45da Greys-Xill tumanida yuz bergan. Sherifning ta'kidlashicha, uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan va hozirda shifokorlar nazoratida qolmoqda. Bu hodisa ushbu samolyotning ilk falokati bo‘lgan.
Falokat samolyot Afg‘onistonda ilk bor jangovar vaziyatda qo‘llangan kunning ertasiga yuz berdi. Pentagon samolyotning ilk jangovar parvozi o‘tkazilganini va terrorchilarning pozitsiyalariga muvaffaqiyatli zarba berganini tasdiqlagandi.
Military plane crash in Beaufort near Joe Allen Drive area. Appears to have crashed on a bluff/island owned by Clarendon Plantations. Not usually many people over there. Praying for the safety of all involved! pic.twitter.com/dM5a8v2lg1
— 𝑺𝒂𝒎 𝑹𝒊𝒄𝒉𝒂𝒓𝒅𝒔𝒐𝒏 (@SamRichardsonAM) September 28, 2018
Tvitterda ushbu hodisaning videosi joylashtirilib, unda dastlab F-35’lardan birining Essex desant kemasidan parvoz qilayotgani, so‘ngra uning palubaga vertikal qo‘nishni amalga oshirayotgani ko‘rsatilgan.
F-35 5-avloddagi qiruvchi-bombardimonchi samolyotlar oilasi bo‘lib, uning uchta modifikatsiyasi mavjud. Samolyot AQShdan tashqari bir qator boshqa ittifoqdosh davlatlar qurollanishida kam miqdorda turadi. Samolyotni, jumladan, Turkiya sotib olmoqchi bo‘lgan, biroq AQSh hukumati bu dasturni Anqara Rossiyaning S-400 majmualarini sotib olmoqchiligi sababli muzlatib qo‘ydi.
F-35B samolyotning vertikal qo‘na oladigan yagona modifikatsiyasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025