Jahon | 23:40 / 29.09.2018
17750
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning sun'iy qo‘li bor - OAV

Foto Daily Mirror.

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning omma bilan salomlashish uchun yog‘och richagga o‘rnatilgan sun'iy qo‘li bor, deb yozadi Daily Mirror.

Qayd etilishicha, qirolichaga bu qurilmani hazil sifatida bir necha yil avval avstraliyalik talabalar sovg‘a qilishgan. Qurilmaga yengil teginish bilan qo‘l xuddi salomlashgandek harakatlana boshlaydi.

Ammo «Dunyo qirolichasi» kitobi muallifi Robert Xardmanning ta'kidlashicha, Yelizaveta bu qo‘ldan rasmiy marosimlarda hech qachon foydalanmagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid